samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Yangiliklar

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin

Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkaziladi.

Tanlov bosqichlari:

1-bosqich: Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi.

2-bosqich: Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi.

3-bosqich:May oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi.

TANLOV G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH

1-bosqich: g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi

2-bosqich: g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi

3-bosqich: g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi