samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Xalqaro fan olimpiada g'oliblari

Bobomurod Abdurahmonov

Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Bobomurod Abdurahmonov Turkmanistonning Ashxobod shahrida o'tkaziladigan "OMOUS-2023" xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalni qo'lga kiritdi...

Matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadada 2-o'rinni egalladi

Matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada yakunlandi

Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 40 dan ortiq oliygohdan 200 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

 Bilim sinovining yakunida g`alaba eng kuchlilarga nasib qildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida  II Xalqaro olimpiada g‘oliblariga  diplom va medallar topshirildi. 

Natijalarga ko`ra fan olimpiadasida umum jamoa hisobida I o‘rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, II o‘rinni Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti,  III o‘rinni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qo`lga kiritdi.