samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Prezident stipendiantlari

Ibodullaev Saidmuhammad Rahmatulla o‘g‘li

Ibodullayev Saidmuhammad Rahmatulla o‘g‘li 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand Davlat universitetining yuridik fakulteti “Yurispredensiya” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Ibodullayev Saidmuhammad turli ilmiy tanlovlar va konferensiyalarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.
Ibodullayev Saidmuhammad 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarning huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar nomli tanlovning “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.
Ibodullayev Saidmuhammad Rahmatulla o‘g‘li 2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi, 2023-2024 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.