samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Prezident stipendiantlari

Qurbonova Aziza Davlat qizi

  Qurbonova Aziza Davlat qizi 2019-2020 o‘quv yilida Samarqand Davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakul’teti “Amaliy psixologiya” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    U o‘zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, xulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi, insonparvarligi, yosh vatanparvar sifatida kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib etishish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qilib kelmoqda.

    Qurbonova Aziza 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan. Ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikatni qo‘lga kiritgan. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.

    Qurbonova Aziza Davlat qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi 2022-2023 o‘quv yilida “Sotsiologiya va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.