samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Prezident stipendiantlari

Oripov Xasan Abdivaxobovich

     Oripov Xasan Abdivaxobovich 2018 – 2019-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)” magistratura yo‘nalishiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan.

    Oripov Xasan namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi hamda yetakchi talabalardan biri hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida u tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi bilan o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

    Oripov Xasan Abdivaxobovich 2016-yil ”Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika festivalining viloyat bosqichida “Prezident asarlari bilimdoni“ nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi.

    Oripov Xasan Abdivaxobovich 2016–2017-o‘quv yilida Navoiy nomli Davlat stipendiyasi, 2019 – 2020-o‘quv yilida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.