samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Prezident stipendiantlari

Lapasov Voxid Akmal o`g`li,

Lapasov Voxid Akmal o`g`li 2018-2019 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari” bakalavr ta’lim yo’nalishiga o`qishga qabul qilingan.

Lapasov Voxid Akmal o`g`li Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi.

Bugungi kunga qadar Lapasov Voxid Akmal o`g`lining 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Lapasov Voxid universitetda o‘qishi davomida ilm-fanga, manaviy-marifiy tadbirlarga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini ko‘rsatib kelmoqda.

Lapasov Voxid Akmal o`g`li 2021-2022 o‘quv yilida “Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi” ta’lim yo`nalishi bo`yicha O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.