samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Umirzoqova Iroda Ulug'bek qizi

Umirzoqova Iroda

Ulug'bek qizi 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand Davlat universitetining matematika fakulteti bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.


  Umirzoqova Iroda Respublika, viloyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar, turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Xususan, MARA texnologiya universiteti (Malayziya) va Utara

Malayziya universitetlari hamkorligida o'tqazilgan xalqaro matematika olimpiadasida, Ufa davlat

universitetida o'tkazilgan talabalar o'rtasidagi Xalqaro matematika olimpiadasida, 9-Shimoliy davlat universitetlari o'rtasidagi

xalqaro matematika olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan.  Uning 10 dan ortiq maqolalari Respublika va xalqaro miqyosida chop etiladigan jurnallar hamda konferensiya materiallarida chop etilgan.


  Umirzoqova Iroda Ulug'bek qizi 2023-2024 o‘quv yilida  bakalavr ta'lim yo'nalishi uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.