samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li

    Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li 2015-2016-o‘quv yilda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Xasanov Xabibullo Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. 2017-yilda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallagan. 2017-yilda Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori. 2017-yil ilmiy tadqiqot ishlari yakunlari bo‘yicha 2018-yil 29-31-mart kunlari o‘tkazilgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning ilmiy konferensiyasi yakunlari bo‘yicha «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominasiyasi g‘olibi bo‘lgan.

    Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li 2018-2019-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.