samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Imomqulova Gulchehra Norboboyevna

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna 2014-2015-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    2016-yilda Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan. U ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 5 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda viloyatlarda bo‘lib o‘tgan konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna 2017-2018-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.