samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakulteti “Matematika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Abduroziq namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.