samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li

Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti “Fizika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Rustam namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Rustam Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

     Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.