samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li

   Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul kilingan.

    Doniyor namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Doniyorning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri.

      Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiya” tanlovining g‘olibi hisoblanadi.

     Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.