samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li

     Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti “Jismoniy madaniyat” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

     Nursulton Do‘stmurodov Respublika, viloyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar, turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

    Nursulton Akademik eshkak eshish bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston kubogida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

    U har yili talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib keladi. 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xalqaro miqyosida chop etiladigan jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

    Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.