samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Mullayeva Mexrangiz Axtam qizi

    Mullayeva Mexrangiz Axtam qizi 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakulteti “Kasb ta’lim: Iqtisodiyot” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Mexrangiz namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi hamda yetakchi talabalardan biri hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida u tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi bilan o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

    Mullayeva Mexrangiz Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Mullayeva Mexrangiz 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.