samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li

    Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetining “Kadrlar menejmenti” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Meliyev Xudoyor namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

    Meliyev Xudoyor “Yoshlat ittifoqi” Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakultet yetakchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. U hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan badlik va uning samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 20 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

    Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.