samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining amaliy matematika va informatika fakulteti “Amaliy matematika va informatika” bakalavr yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.

    Sayidqulov Asliddin namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2018-yil “Informatika” fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaning mintaqaviy bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2018-yilda esa TATU SF da tashkil etilgan “Innovation Idea & Software - 2018” Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek dasturlash asoslari bo‘yicha respublika fan olimpiadlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “O‘quv jarayonini avtomatlashtirish asosida boshqaruvni amalga oshirish usullari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlar natijasi sifatida yigirmaga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosda chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konfrensiya materiallarida chop etilgan.

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.