samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li

   Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li 2017–2018 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti “Kadrlar menejmenti” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Shamsiyev Jamshid namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi hamda tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Shamsiyev Jamshid 2018-2019-o‘quv yili uchun “Yoshlar ittifoqi stipendiyasi” tanlovida viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “Turizm sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 20 yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konferensiya materiallarida chop etilgan.

    Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li 2019 – 2020-o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.