samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li

Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. J.Isaxonov 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida «Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish» nomli loyiha bo‘yicha «Jamoatchilik nazorati – jamiyat barqarorligi omili» Respublika ilmiy-amaliy anjumanida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2018-yil Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan «New Life Model United Nations» xalqaro
1-yoshlar konfrensiyasi tashkilotchisi, 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondining «Oʻzbekistonda inson huquqlari – oliy qadriyat» davlat granti ishtirokchisi bo‘lgan.

    Uning «Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muammolari va yechimlari» mavzusidagi ilmiy izlanishlari natijasida 30 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.

    Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.