samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Shank Valentina Vyacheslavovna

Shank Valentina Vyacheslavovna 2019-2020 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining sport faoliyati va san’at fakultetiga “Jismoniy tarbiya” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Shank Valentina Vyacheslavovna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Shank Valentinaning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Shank Valentina Vyacheslavovna 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.