samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Bekmuradova Iroda Zokir qizi

Bekmuradova Iroda Zokir qizi 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Bekmuradova Iroda Zokir qizi namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Bekmuradova Irodaning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Bekmuradova Iroda Zokir qizi 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.