samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Abruyeva Moxigul Ilxomovna

Abruyeva Moxigul Ilxomovna 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Abruyeva Moxigul Ilxomovna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Abruyeva Moxigulning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Abruyeva Moxigul Ilxomovna 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.