samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining inson resurslarini boshqarish fakulteti “Iqtisodiyot (Sohalar va tarmoqlar bo’yicha” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Miyassarova Maxliyoning 15 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.