samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Imomov Ulug`bek Ismoilovich

Imomov Ulug`bek Ismoilovich 2018-2019 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining tarix fakultetining “Tarix (Mintaqalar va mamlakatlar bo’yicha” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Imomov Ulug`bek Ismoilovich namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Imomov Ulug`bek Ismoilovichning 15 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Imomov Ulug`bek Ismoilovich 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.