samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Badalova Sevilya Axmatovna

Badalova Sevilya Axmatovna 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand Davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Badalova Sevilya o‘qishi davomida turli tanlovlar va konferensiyalarda muntazam ishtirok etib keladi. U o‘zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, xulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi, insonparvarligi, yosh vatanparvar sifatida kelajakda etuk mutaxassis kadr bo‘lib etishish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qilib kelmoqda. Uning10 ga yaqin maqola va tezislari xalqaro va Respublika miqyosida chop etiladigan jurnallar va konferensiya materiallarida chop etilgan.

    Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.

    Badalova Sevilya Axmatovna 2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.