samdu.iqtidor@gmail.com +998-94-186-28-86
Asosiy

Nomli davlat stipendiantlari

Yaxshiboyev Zohid Abduxakim o‘g‘li

Yaxshiboyev Zohid Abduxakim o‘g‘li 2019-2020 o‘quv yilida Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti “Jismoniy madaniyat” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    U Respublika, viloyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar, turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Yaxshiboyev Zohidning 5 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Respublika va xalqaro miqyosida chop etiladigan jurnallar hamda konferensiya materiallarida chop etilgan.

    Yaxshiboyev Zohid Abduxakim o‘g‘li o‘z ustida muntazam ishlaydi hamda universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.

    Yaxshiboyev Zohid Abduxakim o‘g‘li 2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.